Informatika fanini o’qitishdan maqsad – axborot nazariyasi, algoritmlash nazariyasi, informatikaning matematik asoslari, axborot va bilim nazariyasining asoslari va talabalarda axborotlashgan jamiyat haqida bilimlarni shakllantirish, axborot mahsulotlari va axborot hizmati bozori tuzilishini ko’rsata bilish, ommaviy, boshqaruv va iqtisodiy xarakterdagi masalalarni yechishda informatikaning o’rni, rolini tushuntirish bo’yicha bilim va ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Informatika fanining vazifasi:

-   axborot va uning turlari, tasvirlash usullari, axborotli jarayonlar, xossalari, axborot o’lchovi birliklari haqidagi tasavurlarini boyitish;

-   axborotli modellashtirish va formallashtirish haqida tushuncha, kompyuterning diskretlilik xarakteri, to’r va graflarda optimallash algoritmi va uning tatbiqlari, informatikaning matematik asoslari haqidagi tassavurlarini kengaytirishdan iborat.

-   Zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar berish va ulardan amaliyotda foydalanishni o’rgatish;

-   Axborotlashgan jamiyat, Jamiyatni axborotlashtirishning muhim hususiyatlari va imkoniyatlarini ochib berish;

-    Kadrlar tayerlashda axboriy madaniyat shakllarini o’stirish masalalari. Ta’limni axborotlashtirish haqida tushinchalar berish;

-   Ijtimoiy informatika kursining maqsad va vazifalari tushintirish;

-   Iqtisodiy informatikaning maqsad va vazifalari, uning fanlar bilan aloqodorlikdagi rivojlanishi imkoniyatlarini ochib berish;

Hisoblash texnikasidan foydalanishning tashkiliy shalllari. Amaliy dasturlar paketi. Amaliy dasturlar paketining asosiy turlaridan foydalanishni o’rgatishdan iborat.