“Matematika o`qitish nazariyasi va metodikasi” kursi
matematika o`qituvchisini kasbiy tayyor­lashning umumiy tizimidagi asosiy
fanlardan biridir. U talabalarga matematika o`qitish jarayonining asosiy
qonuniyatlarini, metodlari va vositalarini, shuningdek matematikani boshqa fan  asoslari bilan aloqadorlik xususiyatini
o`rgatadi. asosiy maqsadi- bo`lg’usi matematika o`qituvchilarining kasbiy  tayyorgarligini shakllantirish va
rivojlantirish hamda metodik ko`nikma va malakalarini hosil qilishdan
iboratdir.