Fanni o‘qitishdan maqsad – elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi predmeti rivojlanishi qonuniyatlarini va maktabgacha ta’lim muassasasidagi maqsadga qaratilgan ta’lim jarayonida bolani talabga to‘liq javob beradigan darajada matematik rivojlantirishni ta’minlovchi pedagogik sharoitni o‘rganish.
Fanning asosiy vazifalari:
1.Talabalarda maktabgacha tarbiya muassalarida matematika elementlariga o‘rgatishning nazariy asoslari,bolalarning matematik rivojlanishining psixologik xususiyatlari, maktabgacha ta’lim muassasasi ishining mazmuni va metodlari haqidagi bilimlarni shakllantirish.
2.Talabalarda maktabgacha ta’lim muassasasida matematika elementlariga o‘rgatish jarayonini tashkil qilish, mashg‘ulotlarni rejalashtirish,mashg‘ulot ishlanmalarini tuzish va taxlil qilish,metodik usullari va ta’limiy o‘yinlar tanlash, ular bilan ishlash mazmuni va metodlarini tahlil qilishning kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishni ta’minlash.
3. Talabalarni maktab va oila bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga o‘rgatish. Talabalar ushbu kurs bo‘yicha maktabgacha tarbiya kollejida ishlash mazmuni va shakllari bilan tanishtirish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishning vazifalari (ta’limiy tarbiyaviy).O‘qitish mazmuni va yo‘llarining umumiy tavsifi bilan qurollantirish.