Fanni   o‘qitishdan   maqsad – elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi predmeti rivojlanishi  qonuniyatlarini va maktabgacha ta’lim muassasasidagi  maqsadga qaratilgan ta’lim jarayonida bolani talabga to‘liq javob beradigan darajada matematik rivojlantirishni ta’minlovchi pedagogik sharoitni o‘rganish. 

Fanning asosiy vazifalari:

1.Talabalarda  maktabgacha tarbiya muassalarida matematika elementlariga o‘rgatishning nazariy asoslari,bolalarning matematik rivojlanishining psixologik xususiyatlari, maktabgacha ta’lim muassasasi  ishining mazmuni va metodlari haqidagi bilimlarni shakllantirish.

2.Talabalarda maktabgacha ta’lim muassasasida matematika elementlariga o‘rgatish jarayonini  tashkil qilish, mashg‘ulotlarni rejalashtirish,mashg‘ulot ishlanmalarini  tuzish va taxlil qilish,metodik usullari va ta’limiy o‘yinlar tanlash, ular bilan ishlash mazmuni va metodlarini tahlil qilishning kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishni ta’minlash.

3. Talabalarni maktab va oila bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga o‘rgatish. Talabalar ushbu kurs bo‘yicha maktabgacha tarbiya kollejida ishlash mazmuni  va shakllari bilan tanishtirish.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishning vazifalari (ta’limiy tarbiyaviy).O‘qitish mazmuni va yo‘llarining umumiy tavsifi bilan qurollantirish.