KIRISh

Dasturda talabalarni maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida olib boriladigan korrektsion-tarbiyaviy ishlarning mazmuni, ularni tashkil etish va bu ishlarning xususiyatlarini o’rgatish, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni bolalarni tarbiyalashning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan.

 

O’quv  fanining maqsadi va vazifalari

Fanni o’qitishdan maqsad- talabalarni aqliy nuqsonga ega bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan korrektsion-pedagogik ishlarning tizimi, tamoyillari, yo’nalishlari bilan tanishtirishdan iboratdir.

Fanning vazifasi -- aqli zaif bolalarni tarbiyalashning nazariy va amaliy asoslari bilan talabalarni tanishtirish, aqli zaif bolaning korrektsion rivojlanishida maktabgacha tarbiyaning ahamiyatini ochib berish, talabalarni ilg`or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va tahlil qilishga o’rgatishdan iboratdir.