Pedagogika oliy ta'lim yurtida "Elektrotexnika, radiotexnika va elektronika asoslari" fani o'qitilishining asosiy maqsadi - talabalarga elektr toki va u bilan bog'lik bo'lgan barcha texnik vositalarning ishlash principlarini bilish, bilimlar ko'pligini o'zlashtirish, amalda qollashdir. Bu fanni o'qitish davomida talaba elektr tokini olish yollari, uning asosiy parametrlari, elektr tizimini tariflash, analizlash va elektr toki bilan ishlaydigan asbob uskunalarni qo'llash, inson hayotidagi ahamiyati haqida bilimlarga ega bo'lishadi. Radio to'lqin, radio bog'lanish, radio aloqa vositalari, ularning tuzulishu, ishlash principlari boyicha ma'lumatlarni o'zlashtirishadi.