O‘zbekiston tarixi umumjahon – insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanadi. O‘zbekiston tarixi fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirishi, mustaqillik  yillarida milliy huquqiy davlatchilik  qurilishi, demokratik  fuqarolik  jamiyatni shakllantirish, erkin bozor iqtisodiyotini  yaratish,  jahon  hamjamiyatiga  integratsiyalashish jabhalaridagi faoliyatini o‘rgatadi. Shu bilan bir qatorda bu fan xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks ettiruvchi ko‘zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar majmuasidir.