Tarixshunoslik–tarix fanining tarixini o’rganuvchi fan.Tarixshunoslik tarixiy bilimlar taraqqiyotini, muayyan tarixiy bosqichda yaratilgan ilmiy maxsulotlarni yoki ma'lum bir muammoga bag'ishlangan tarixiy tadqiqotlarni o'rganadi va taxlil qiladi.Tarixshunoslik nafaqat tarix, balki maxsus tarix fanlari (masalan, sharqshunoslik, etnologiya, arxeologiya va b) tarixi bilan xam shug'ullanadi.Tarixshunoslikning asosiy vazifasi tarix fani rivojini chuqur va har tomonlama holisona anglashdan, muayyan taraqiyot davrida to'plangan tarixiy bilimlarni taxliliy tadqiq etishdan amalga oshirilgan ishlarning natijasini chiqarishdan hamda shu asosda tadqiq etilgan dolzarb muammolarni aniqlab, kelgusi tadqiqotlarning yo'nalishlarini belgilashdan, tarixchilarni muayyan tarixiy-ilmiy muammo doirasidagi adabiyotlarga yo'naltirishdan iborat.Tarixshunoslik o'tmishda kechgan va bugunda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarning odamlar ongida qanday aks etishini, tarixiy adabiyotlar orkali ijtimoiy-tarixiy rivojlanish jarayonini kuzatish; jamiyat tarixiy rivojining turli bosqichlarida tarixiy bilimlarning o'sib borish jarayonini kuzatish imkonini beradi.